Friday, February 28, 2014

Chipta? Bemalol!


Bugun chiptaga olgani bordim. O‘zbekiston - BAA o‘yiniga. Metrodan chiqishim bilan “ajoyib” dialog guvohiga aylandim. “Bilet qo‘lga chiqmaganmikin?”, “Bunaqa o‘yin, o‘yin bileti kimgayam kerak”.
Sal nariroqda stadion ichini qordan tozalab, ko‘chani "tozalashyapti”. O‘sha yerda turganlardan kimdir “nega, ana odamlar chipta olgani kelyapti-ku, odam tushadi”, — deydi.

Yo‘lda davom etaman. Kassa atrofi bo‘m-bo‘shdan besh battar bo‘lib yotibdi. Bugun ishlamasa kerak-da, deb sekin yaqinlashaman. Yo‘q, ishlayotgan ekan. Chiroyli “kassirsha” ishlayotgan kassadan 3ta bilet oldim, 20 ming so‘mdan.
Men ketayotganimda esa kassa oldida 3-4 kishi yeg‘ilib qolgandi.
Xullas, shunaqa gaplar. Muhimi, bu yerda muhim narsaning o‘zi yo‘q. O‘yinga qiziqish yo‘q. Eski navbat yo‘q.


Friday, February 14, 2014

1-blogimdagi 1-postim

“Bloggerlik - baliq oviga o‘xshaydi. Kimdir doimo to‘r tashlab, xech narsa ovlolmaydi. Ba’zilarning to‘ri esa doim baliqlar bilan to‘la” ©

Endigina 17ga to‘lgan bo‘lsam ham anchadan beri shaxsiy blog ochib, uni muntazam yangilab borishni niyat qilardim. Lekin, hech qachon hafsala qilmaganman. Birinchidan, erinchoqlik. Ikkinchidan, qayerdagi bir o‘spirinning fikri kimga ham qiziq bo‘lardi, degan o‘y blog ochishimga to‘sqinlik qilardi. Keyinchalik, qiziqib gugllab(google) ko‘rsam, blog - bu onlayn kundalik ekan. Shunday ekan, xohlasam yozaman, bo‘lmasa, yo‘q. Shaxsiy blogim. Xohlasam, "xohlasam”ni “xoXlasam” deb yozaman. Xech kimni tergashga haqqi yo‘q. Shunaqa.

O‘zbek bloggerlaridan Muhrim A’zamxo‘jayev, Farhodjon Chinberdiyev, Sanjar Rizayev va Abror Qodirovlarga havas qilaman. Tavsiya qilaman. Qiziq narsalarni qiziq qilib yozishadi. Saflari kengayaversin. Barcha bloGerlarga tilagim, barchangizni “to‘ringizda baliqlar” bo‘lsin. O‘quvchingiz bo‘lsin.